NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI VA LAHOR UNIVERSITETI O‘RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI YO‘LGA QO‘YILDI

28.02.2025

Namangan davlat universiteti delegatsiyasi  Lahor universitetiga tashrif buyurib, ushbu oliy ta’lim dargohining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Universitetdagi ta’lim tizimi, laboratoriyalar, tadqiqot markazlari va xalqaro hamkorlik dasturlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Tashrif natijasida Namangan davlat universiteti  va Pokistonning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Lahor universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu kelishuv ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik qilish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Kelishuv doirasida tibbiyot, pedagogika, iqtisodiyot, xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha ilmiy va akademik tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun almashinuv dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqot loyihalarini birgalikda amalga oshirish va innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida hamkorlikni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur hamkorlik ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy va akademik integratsiyani yanada mustahkamlaydi va zamonaviy ta’lim standartlariga mos ravishda kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Bu esa kelgusida ikki tomonlama manfaatli natijalarga erishish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro maydonda O‘zbekiston va Pokiston oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga hissa qo‘shishi, shubhasiz.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × four =