NAVBATDAGI YUTUQLAR! O‘ZBEKISTONNING 9 TA OLIYGOHI QS BARQAROR RIVOJLANISH REYTINGIDAN JOY OLDI!

19.11.2025

Oliy ta’lim sohasidagi nufuzli xalqaro agentlik – QS Quacquarelli Symonds 2026-yil uchun “QS Sustainability Rankings 2026” natijalarini e’lon qildi.

Mazkur reyting dunyoning qariyb ikki mingta universitetini qamrab olgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi, shu jumladan ularning uchtasi Top-1000 talik ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Ular orasida bir qator universitetlar o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarini yaxshilagan bo‘lsa, ayrimlari reytingga birinchi marotaba kiritildi.

O‘zbekiston OTMlarining reytingdagi o‘rinlari:

  • “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti – 874-o‘rin;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 951-o‘rin;
  • O‘zbekiston Milliy universiteti – 970-o‘rin;
  • qolgan 6 ta oliy ta’lim muassasasi – Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Urganch davlat universiteti 1501+ guruhidan joy oldi.