NEMIS TILI O’QITUVCHILARI UCHUN METODIK O’QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI

04.06.2025

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Gyote institutining Oʻzbekistondagi filiali bilan hamkorlikda boshlangʻich sinflarda nemis tilidan dars beradigan oʻqituvchilar uchun metodik oʻquv seminari tashkil etildi.

Tadbir Gyote instituti mutaxassislari tomonidan yaratilgan “Hans Hase” oʻquv-metodik materiallari bilan tanishtirish va ular asosida nemis tilini kichik yoshdagi oʻquvchilarga oʻrgatishda ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalanish boʻyicha mahorat darsi formatida boʻlib oʻtdi.

Unda Respublikamiz bo’ylab 24 nafar nemis tili oʻqituvchilari qamrab olindi. Treninglar soʻnggida ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × 2 =