NISSHIN CO (YAPONIYA) KOMPANIYASI DIREKTORI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
29.04.2025O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Nisshin Co (Yaponiya) kompaniyasi direktori Liu Jian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuv davomida Nisshin Co vakillari tomonidan quyidagi takliflar ilgari surildi:
- O‘quv dasturlarini yaratish;
- Talabalarni xalqaro universitetlarga qabul qilishda ko‘maklashish;
- Talabalar almashinuvi dasturlarini tashkil etish;
- Akademik seminar, vebinar va mahorat darslarini tashkil etishga ekspertlarni jalb qilish;
- Yaponiyada talabalarni o‘qish va bandligini ta’minlashda qo‘llab-quvvatlash.


Tomonlar uchrashuvda quyidagi masalalarni muhokama qildilar:
- Ikki universitet o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini ishlab chiqish;
- Yapon tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
- Yapon tili o‘rganayotgan talabalar uchun yozgi til oromgohi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- O‘qituvchilar uchun “Yapon tilini o‘qitishda sun’iy intellektni joriy etish” mavzusida seminarlar tashkil etish;
- Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv materiallarini yaratish va talabalar ijodiy ishlarini tekshirishni o‘rgatishga qaratilgan platforma yaratish.
Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tib, tomonlar kelgusida hamkorlikni kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.