OʻZBEKISTON VA XITOY O’RTASIDAGI ILMIY HAMKORLIK YANADA KENGAYMOQDA

11.06.2025

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov rahbarligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Tarkibiga mamlakatimizning 13 ta yetakchi oliy taʼlim muassasasi vakillari kirgan ushbu delegatsiya tashrifi ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

2025-yil 10-iyun kuni Pekin shahrida boʻlib oʻtgan rasmiy uchrashuvda Otabek Mahkamov va Xitoy Xalq Respublikasi fan va texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Chen Szyachan oʻzaro muloqot olib bordilar. Suhbat chogʻida tomonlar fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, jumladan, qoʻshma ilmiy tadqiqot markazlarini tashkil etish, ilmiy loyihalar sonini koʻpaytirish hamda istiqbolli yoʻnalishlarda uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishdilar.

Uchrashuv davomida 2025–2030-yillarga moʻljallangan “Fan va innovatsiyalar sohasidagi yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, har yili ilmiy forumlar tashkil etish, yosh olimlar uchun stajirovka dasturlarini kengaytirish, shuningdek, amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalar sonini yiliga 30 tadan 60 tagacha oshirish masalalari muhokama etildi va maʼqullandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fourteen − 10 =