OʻZBEKISTON–ITALIYA HAMKORLIGI DOIRASIDA XALQARO ILMIY-AMALIY SEMINARLAR BOʻLIB OʻTDI

04.02.2026

Samarqand shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qoʻllab-quvvatlashida, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hamda Italiyaning Università dʼAnnunzio Pescara universiteti hamkorligida ikki kunlik xalqaro ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi.

Tantanali ochilish marosimida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston–Italiya ilmiy va taʼlimiy hamkorligining amaliy natijalarga yoʻnaltirilgan yangi bosqichga koʻtarilayotganini taʼkidladi. Vazir ushbu hamkorlik qoʻshma taʼlim dasturlari, ikki diplomli loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion markazlar tashkil etish orqali amaliy natijalarga yoʻnaltirilgan yangi bosqichga koʻtarilayotganini qayd etdi. Shuningdek, urbanizatsiya, barqaror shaharlar, muhandislik va arxitektura, ekologiya hamda seysmik xavfsizlik yoʻnalishlarida italiyalik hamkorlar bilan tajriba almashish mamlakatimiz oliy taʼlim va ilm-fan salohiyatini oshirishga xizmat qilayotganini alohida taʼkidladi.

Ikki kunlik tadbirlar Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasida taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy shaharsozlik va seysmik xavfsizlik boʻyicha ilmiy-amaliy yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Tadbirlar doirasida SamDAQU va Gabriele dʼAnnunzio University of Chieti-Pescara (Italiya), Hanseo University (Janubiy Koreya), Qoraqalpoq Davlat Universiteti, Crisci Management (Italiya) oʻrtasida anglashuv memorandumlari imzolandi hamda innovatsiya va startaplarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik kelishuvlari yoʻlga qoʻyildi.