OʻZBEKISTON–LATVIYA BIRINCHI TAʼLIM FORUMI BOʻLIB OʻTADI

04.09.2025

Latviya poytaxti Riga shahrida Oʻzbekiston va Latviya hamkorligida ilk marotaba taʼlim forumi oʻtkazilmoqda.

Mazkur nufuzli tadbir ikki mamlakat oʻrtasidagi ilmiy-taʼlimiy aloqalarni mustahkamlash hamda yangi hamkorlik istiqbollarini belgilab olishga qaratilgan.

Forumda Oʻzbekiston va Latviya oliy taʼlim vazirliklari vakillari, shuningdek, qariyb 50 nafar yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida transport, axborot texnologiyalari, logistika, energetika va yashil iqtisodiyot, tibbiyot, mashinasozlik, turizm va xizmat koʻrsatish sohalarida qoʻshma ilmiy tadqiqotlar hamda taʼlim loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, forum yakunida mazkur yoʻnalishlarda 20 dan ortiq hamkorlik shartnomalarini imzolash rejalashtirilgan boʻlib, bu ikki mamlakat oʻrtasidagi taʼlim va ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

14 + nineteen =