OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROGʻI HAQIDAGI QONUN QABUL QILINGANIGA 34 YIL TO‘LDI
18.11.2025Bugun yurtimiz istiqlol ramzlaridan biri — davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 34 yil to‘ldi. Bayrog‘imizdagi har bir rang va belgi xalqimizning tarixiy merosi, bunyodkorlik ruhi hamda yurtimiz kelajagiga bo‘lgan ishonchni ifodalaydi.

Bugun biz Vatan timsoli bo‘lgan ushbu muqaddas ramz ostida yoshlarimizning bilim va tafakkuri, ilm-fan yutuqlari, bunyodkorlik ishlari hamda xalqimizning ezgu intilishlari namoyon bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.
Yurtimiz uchun faxr va g‘urur timsoli bo‘lgan bayrog‘imiz doimo baland hilpirab, xalqimizga kuch va ilhom bag‘ishlab tursin!
