OʻZBEKISTON VA GRUZIYA TAʼLIM HAMKORLIGINI KENGAYTIRADI

11.10.2025

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Gruziya ta’lim, fan va yoshlar vaziri Givi Mikanadze boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishini muhokama qilish hamda yangi tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan Gruziyaning yetakchi oliygohlari o‘rtasidagi hamkorlik ijobiy natijalar berayotganini ta’kidladilar.

Uchrashuvda “Uzumchilik va vinochilik” yo‘nalishida 1+1 modelidagi qo‘shma dastur, turizm sohasida yangi ta’lim yo‘nalishlarini tashkil etish hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida Gruzin tili markazini ochish rejalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida qo‘shma tadqiqotlar, yosh olimlar uchun stajirovkalar va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama etildi. Tomonlar talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda hamkorlikda ta’lim forumlarini o‘tkazish borasida kelishuvga erishdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 1 =