OʻZBEKISTON VA LIBERIYA TAʼLIM SOHASIDA HAMKORLIK QILADI

30.10.2025

Samarqand shahrida oʻtkazilayotgan YUNESKOning 43-sessiyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Liberiya taʼlim vaziri Jarso Maley Jallax xonim bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida tomonlar taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan, talabalar almashinuvi, akademik mobillik hamda professor-oʻqituvchilar almashinuvi yoʻnalishlarida oʻzaro manfaatli munosabatlarni yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildilar.