OʻZBEKISTON VA TOJIKISTON REKTORLARINING NAVBATDAGI FORUMINI TASHKIL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
18.02.2026Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov hamda Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari Lutfiya Abduxoliqzoda oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Uchrashuvning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining uchinchi forumini tashkil etish masalalarini muhokama qilishdan iborat boʻldi.
Xususan, forumni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida oʻtkazish boʻyicha ishlab chiqilgan dastur va konsepsiya yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar forumning mazmunan boy, amaliy natijalarga yoʻnaltirilgan va universitetlar oʻrtasida aniq kelishuvlarga xizmat qilishi lozimligini taʼkidladilar. Shuningdek, akademik mobillik, qoʻshma taʼlim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.
