OʻZBEKISTON–YAPONIYA REKTORLAR FORUMI: ILM-FAN TARAQQIYOTIGA YANGICHA YONDASHUV

30.10.2025

Xabaringiz bor, 30–31 oktyabr kunlari Samarqand shahrida “Bilim va jamiyat o‘rtasidagi uyg‘unlik: inson taraqqiyoti va innovatsiyalar yo‘lida fanlararo yondashuvlar” mavzusida O‘zbekiston va Yaponiya oliygohlari rektorlarining beshinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forum oʻz ishini plenar sessiya bilan davom etdi. Plenar yigʻilishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori Gulnoza Ismoilova, shuningdek, Yaponiya va Oʻzbekistonning qator universitetlari rahbar, professorlari va nufuzli ekspertlar maʼruza qildilar.

Taqdimotlarda ikki mamlakat oʻrtasidagi oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichga koʻtarilayotgani, qoʻshma dasturlar, ilmiy tadqiqotlar va talabalar almashinuvi inson taraqqiyotiga xizmat qilayotgani qayd etildi. Tadbirga moderatorlik qilgan Buxoro davlat universiteti rektori doktor Obidjon Hamidov ishtirokchilarni qutlar ekan, forumning oʻzaro tajriba almashish va yangi hamkorlik yoʻnalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Maʼruzalarda barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda taʼlimning oʻrni, jamiyatda ilm-fanning ijtimoiy masʼuliyati, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi, innovatsiya uygʻunligi orqali yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, inson kapitaliga sarmoya kiritish, yoshlarning xalqaro tajriba va ilgʻor bilimlarni oʻzlashtirishini qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama etildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

9 + one =