Bugun, 7 dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreya madaniyatini, shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida koreys tilini o‘rganishni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Koreya burchagi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida O‘zDJTU rektori G‘anisher Rahimov hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kvon Yon-U janoblari so‘zga chiqib, tashkil etilgan “Koreya burchagi” zamonaviy talablarga mos holda jihozlangani, bu yerda talabalarning bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganiligini alohida ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida “Koreya burchagini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Rasmiy ochilish marosimi mavzu doirasidagi madaniy tadbirga ulanib ketdi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.