OGAHIY IJODIY MEROSINING O‘RGANILISHI VA BADIIY TARJIMA MASALALARIGA BAG’ISHLANGAN FORUM O’TKAZILDI

18.12.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Ogahiy ijodiy merosining o‘rganilishi va badiiy tarjima masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan IX Tarjimashunoslar xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodirjon Xolbo’tayev, Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari G’ayrat Majid, Yozuvchilar uyushmasi raisi maslahatchisi Salim Ashur ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Ogahiy ijodiy merosining ilmiy o‘rganilishi, badiiy tarjimaning dolzarb muammolari, tarjimashunoslikda zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va tajriba almashildi.