OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASIDA TA’LIM ISLOHOTLARI MUHOKAMA QILINDI

17.10.2025

2025-yil 16-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yangi avlod tarbiyachi va pedagoglarini tayyorlashning zamonaviy tendensiyalari” mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov boshchiligida vazirlik mas’ullari ham ishtirok etdilar.

Tadbirda pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish va dual ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shu kungacha 57 659 nafar maktab o‘qituvchilari, 10 958 nafar bog‘cha tarbiyachilarining malakasi oshirilgan. Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida 107 nafar pedagog xodim xorijiy davlatlarda o‘z malakasini oshirib kelgan.

Malaka oshirish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida xorijiy ta’lim tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish maqsadida YUNESKO, YUNISEF, British Council, NILE instituti bilan 100 soatlik malaka oshirish kursi dasturlari ishlab chiqilgan. Singapurning Marshall Cavendish Education tashkiloti bilan tabiiy va aniq fanlar o‘qituvchilari uchun KRK va KRS tadbirlarini tashkil etilgan. Fransiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Rossiya ta’lim tashkilotlari bilan tegishli fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish borasida hamkorlik qilinmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × two =