OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGINING HAYʼAT YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI
26.12.20242024-yil 25-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish, “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suv resurslarini tejash hamda koʻkalamzorlashtirish kabi ustuvor vazifalarni belgiladi.


Tadbirda, shuningdek, talabalar amaliyoti uchun 15 haftalik dasturlarni joriy etish, muhandislik sohasida dual taʼlimni rivojlantirish hamda «Top-500» xorijiy universitetlar bilan qoʻshma dasturlarni kengaytirish kabi ishlar rejalashtirildi. Shuningdek, “Yoshlar akademiyasi”ning “Boʻlajak olim” tanloviga iqtidorli yoshlarni jalb qilish va 2025-yilda energiya resurslarini tejash kabi ko’plab vazifalar belgilandi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.