OLIY TA’LIM MUASSASALARI FAOLIYATI VA 2026-YIL USTUVOR YO‘NALISHLARI MUHOKAMA QILINDI
17.12.2025Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirokida qator oliy ta’lim muassasalari rektorlarining joriy yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlari hamda kelgusi yil uchun belgilangan strategik rejalari muhokama qilindi.



Muhokamada Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Guliston davlat universiteti rahbarlari o‘z ta’lim muassasalarining 2025 yilgi faoliyati yakunlari, erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotlar bilan ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida 2026-yilda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni kuchaytirish, bozor talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash hamda universitetlar boshqaruvida samaradorlikni oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.



