OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGIDAN YANGI TASHABBUS: “O‘ZBEKISTON – SEHRLI DIYOR!”
06.04.2019Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalaridan saralab olingan 57 nafar iqtidorli talabalar uchun ilk marotaba joriy yilning 1 aprelidan boshlab “O‘zbekiston – sehrli diyor!” ichki turizm loyihasi tashkil etildi.
Loyiha doirasida talabalarga xorijiy tillar, nutq
madaniyati, vokal va xoreografiya yo‘nalishlarida mahalliy va xorijlik
professor-o‘qituvchilar tomonidan mahorat darslari
tashkil etilmoqda.
Talabalar
dunyoqarashini yanada kengaytirish va yurtimiz tarixiga oid bilimlarini
oshirish maqsadida “O‘zbekiston – sehrli diyor!” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab
sayohat tashkil etildi.
Faol va tashabbuskor talabalar guruh murabbiylari bilan birgalikda joriy
yilning 4 aprelidan boshlab Samarqand (4-6 aprel), Buxoro (7-9 aprel), Xorazm
(10-12 aprel) va Farg‘ona (15-16 aprel) viloyatlari bo‘ylab sayohat qiladilar.
Sayohat yakunida har bir talaba qadimiy obida yoki tarixiy yodgorlik majmuasi haqida taqdimot tayyorlab, hakamlar hay’atiga taqdim etadi. Loyihada faol ishtirok etgan talabalar sertifikat bilan taqdirlanadi.
