OMOUS–2025 XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA OʻZBEKISTONLIK TALABALAR MUNOSIB O’RINLARNI EGALLADILAR

24.04.2025

2025-yil 13–18-aprel kunlari Turkmanistonda talabalar oʻrtasida V Ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS-2025) boʻlib oʻtdi.

Joriy yilgi olimpia Turkmaniston, Oʻzbekiston, Indoneziya, Eron, Ruminiya, Polsha, BAA, Rossiya va Hindiston kabi toʻqqizta davlatdan kelgan iqtidorli talabalarni birlashtirdi.

Ular kombinatorika, algebra, geometriya va boshqa yoʻnalishlarda bellashib, murakkab masalalarni hal etishdagi qobiliyatlarini xalqaro maydonda namoyon etishdi. Olimpiada ikki toifada oʻtkazildi, bu esa talabalarga har xil murakkablik darajasidagi masalalarda oʻzlarining matematik salohiyatlarini ko‘rsatish imkonini berdi.

Mazkur nufuzli olimpiadada Oʻzbekiston oliygohlari talabalari ham ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishdilar:

A kategoriyada (matematika yoki kompyuter fanlari yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun) jami 3 ta oltin, 7 ta kumush va 22 ta bronza medallar qoʻlga kiritildi.

B kategoriyada (boshqa yoʻnalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun) esa jami 6 ta oltin, 6 ta kumush, 23 ta bronza medallar qoʻlga kiritildi.

Jamoaviy bahslarda (har qanday yoʻnalishdagi eng koʻpi bilan 4 talabadan iborat jamoalar) jami 4 ta kumush, 7 ta bronza medallar qoʻlga kiritildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty + nine =