“O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

30.09.2025

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Uni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Raximova ochib berishdi.

Tadbirda ta’lim va ilm-fan taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ustozlar “Oliy ta’lim a’lochisi” va “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimi hamda kasaba uyushmasi nomidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve − one =