O’QITUVCHILAR UCHUN FULBRIGHT TEA DASTURI

02.03.2021

O’qituvchilar uchun The 2021 Fulbright Teaching Excellence and Achievement (TEA) dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Mazkur dasturga maktab, litsey, kollejlarda kamida 5 yildan beri ingliz tili, ijtimoiy fanlar, STEM fanlari, maxsus tayyorlov fanlari kabilardan dars berib kelayotgan hamda ingliz tilini yaxshi biladigan nomzod-o’qituvchilar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Dastur 2022-yil yanvar/sentabr oyida boshlanadi va 6 hafta davom etadi.

Dastur bilan bog’liq barcha xarajatlar to’liq qoplab beriladi va ishtirokchilar stipendiya bilan ham ta’minlanadi.

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish uchun HAVOLA