O‘QUVCHILAR VA TALABALAR UCHUN «ZAKOVAT STIPENDIYASI»NI BERISH TARTIBI TASDIQLANDI
13.04.20222022-2023 o‘quv yilidan boshlab «Zakovat» intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoa a’zolari uchun yil davomida har oy «Zakovat stipendiyasi» beriladi.

«Zakovat stipendiyasi» intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida quyidagicha taqsimlanadi:
1-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 so‘m);
2-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 so‘m);
3-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 so‘m) belgilanadi va yil davomida har oy to‘lab beriladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.