O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetida “Ozarbayjon tili markazi” ochilishiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.



Ushbu markaz Ozarbayjon tillar universiteti bilan O‘zDJTU o‘rtasida 2023-yil 18-dekabrda imzolangan kelishuvga binoan darslik va o‘quv qo‘llanmalar, badiiy adabiyotlar, jumladan o‘zbek tiliga o‘girilgan adabiyotlar, mamlakatshunoslikka oid materiallar, Ozarbayjon xalqi an’analari aks ettirilgan ko‘rgazmali qurollar, milliy liboslar va musiqa asboblari bilan jihozlandi.
Tadbirda mamlakatimizdagi Ozarbayjon elchixonasi va Madaniyat markazi vakillari, shuningdek Ozarbayjon tillar universiteti prorektorlari va xalqaro bo‘lim xodimlari ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar Til markazi ozarbayjon tilini chuqur o‘rganish, ushbu davlat xalqlarining tarixi va urf-odatlarini o‘rganishda muhim ma’rifat o‘chog‘i bo‘lishini ta’kidladilar.


Shu bilan birga, yangi o‘quv yilida Ozarbayjon tillar universitetida “O‘zbek tili markazi” ochilishi rejalashtirilganligi ham bildirildi.
Tadbir so‘nggida mehmonlar uchun Ozarbayjon milliy kuy va raqslari namoyish etildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.