OZARBAYJON TILLAR UNIVERSITETI DOTSENTI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

11.04.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ozarbayjon tillar universiteti dotsenti Aliyev Jeyxun Kurbanaliugli bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar:

  • Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi va Ozarbayjon tillar universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ozarbayjon tili va madaniyati markazi”ni tashkil etish;
  • 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab Ozarbayjon tilini O‘zDJTUda ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va bu jarayonga Ozarbayjon tillar universitetidan malakali mutaxassislarni jalb etish;
  • Ozarbayjon fuqarolarini O‘zDJTUda bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olishga jalb etish, ularning ilgari asosan Turkiya va Rossiyada ta’lim olgani, endilikda esa O‘zbekistonga yo‘naltirilishi zarurligi;
  • Ozarbayjon davlat universitetidan professor-o‘qituvchilarni O‘zDJTUga taklif etib, ma’ruzalar o‘qish va seminarlar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • O‘zDJTU professor-o‘qituvchilarini Ozarbayjon davlat universitetiga yuborib, ma’ruzalar o‘qish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, malaka oshirish va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

18 − seven =