OZARBAYJON TILLAR UNIVERSITETI DOTSENTI ISHTIROKIDA SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI

25.03.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ozarbayjon Tillar universiteti (OTU) Roman tillari tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Ulfat Zakir o‘g‘li Ibrohim tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

Dastur davomida professor-o‘qituvchilar, talabalar va magistrlar uchun “Influence de l’IA dans l’enseignement des langues” (Til o‘qitishda sun’iy intellektning ta’siri) mavzusida qiziqarli ma’ruzalar o‘qildi va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Seminar ilm-fan va ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish, doktorantlar va ilmiy-pedagogik xodimlar uchun akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven + 12 =