O’zbekistonning Londondagi elchixonasida «Britaniya-O’zbekiston» jamiyati bilan hamkorlikda taniqli ingliz shoiri Endryu Stanilend tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan o’zbek jadid she’riyatiga bag’ishlangan «Yangi usul, yangi she’riyat: jadidlar antologiyasi» nomli kitobning taqdimoti bo’lib o’tdi.

Tadbirda Buyuk Britaniya parlamenti, hukumati, ilmiy-akademik, ekspert-tahliliy va jamoat doiralarining 100 dan ortiq vakillari hamda ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etishdi.
«Britaniya-O’zbekiston» jamiyati raisi Roza Verko ikki tomonlama ilmiy va ma’rifiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligini ta’kidladi va kelgusida hamkorlikda yana turli-xil tadbirlarni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.