O‘ZBEK VA BELARUS TALABALARI ISHTIROKIDA TADBIR TASHKIL ETILDI
14.04.2025Oʻzbekiston va Belarusiya talabalari oʻrtasida notiqlik mahoratini oshirish boʻyicha tajriba almashish maqsadida xalqaro hamkorlik tadbiri tashkil etildi.


“Yosh tadqiqotchilar” klubi doirasidagi navbatdagi tadbir O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining Integratsiyalashgan ingliz tillari kafedrasida muvaffaqiyatli oʻtkazildi.
Kafedra mudiri P.Omanov, katta o‘qituvchi Y.Sharipova hamda Minsk davlat lingvistika universitetidan kafedra mudiri E.V.Shiley, katta o‘qituvchi Y.Zemlyankina tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda OʻzDJTU va MDLU talabalari ishtirok etib, notiqlik mahoratini oshirish bo‘yicha o‘z ma’ruzalarini taqdim qildilar.


Dastur Zoom platformasi orqali tashkil etildi, unda talabalar o‘z taqdimotlari orqali jamoatchilik oldida so‘zlash mahorati bo‘yicha tajribalarini ulashdi. Jumladan, “The Power of Public Speaking: It’s Impact on the Mind and Emotions” nomli prezentatsiyada talabalar jamoatchilik bilan bog‘lanish va xatolardan saboq olish bo‘yicha maslahatlar berishdi. Ulardan biri “Connect with Your Audience: Making It a Conversation” bo‘limida hikoyalar orqali diqqatni jalb qilish va hazil orqali kayfiyatni ko‘tarishning ahamiyatini ta’kidladi. Yana bir taqdimot “Visibility Strategies: How to Be a Part of a Team?” mavzusida bo‘lib, jamoada faol ishtirok etish yo‘llarini muhokama qildi.


Tadbir davomida talabalar o‘zlarining notiqlik ko‘nikmalarini amalda sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Konferensiya zalida o‘tkazilgan ushbu tadbirda ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashishdi va bir-birlarining ma’ruzalaridan foydali maslahatlar olishdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.