Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi «Konfutsiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti»ning yangi binosi tantanali ravishda ochildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchisi Yu Jun, universitet jamoasi, talabalar ishtirok etdi.


Bugungi kunda dunyoning 150 dan ziyod davlatida 500 dan ortiq Konfutsiy institutlari faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur institutlarning asosiy maqsadi xorijiy davlat vakillariga xitoy tilini o‘qitish va Xitoy madaniyatini tanishtirishga qaratilgan.



No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.