“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI LOYIHASI YUZASIDAN MATBUOT ANJUMANI OʻTKAZILADI
20.01.2026Joriy yilning 20-yanvar kuni soat 11:00 da “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan “Ta’lim tizimini takomillashtirish: maqsad va vazifalar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani oʻtkaziladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi masʼullari ishtirok etadi.
Barcha OAV xodimlari va blogerlar matbuot anjumaniga taklif etiladi.
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi 14-uy.
