“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA BELGILANGAN USTUVOR YO‘NALISHLARGA BAG’ISHLANGAN FORUM O‘TKAZILDI
25.10.2025Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ikki kun davom etgan xalqaro Forumning asosiy maqsadi — “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, xalqaro va milliy ekspertlar o‘rtasida ilmiy muloqot hamda tajriba almashinuvi platformasini yaratishdan iborat.
Forumning yalpi majlisida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Milliy statistika qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, shuningdek, qator xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari ishtirok etdilar.




Forum “Yashil iqtisodiyotga o‘tish sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘nalishlari”, “Bank-moliya tizimi va xususiy sektorni rivojlantirish yo‘nalishlari”, “Mashinali o‘rganish va sun’iy intellekt: ekonometrik tahlilga yangi yondashuvlar” mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, “Korporativ ijtimoiy mas’uliyat, yashil ko‘nikmalar va kelajak kasblari” mavzusida workshop, “Yuksak intellektual yoshlar hamdo‘stligi – kelajak iqtisodiyot poydevori” xalqaro yoshlar festivali kabi muhim tadbirlarni qamrab oldi.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.