O‘ZBEKISTON – BELARUS IKKINCHI TA’LIM FORUMI BOSHLANISH ARAFASIDA

07.10.2025

Farg‘ona xalqaro aeroportida O‘zbekiston va Belarus ikkinchi ta’lim forumi doirasida delegatsiya a’zolari milliy kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida tantanali kutib olindi.

Forum ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarini yakunlab, belgilangan dastur asosida ilmiy-amaliy sessiyalar, ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar va yutuqlarga bag‘ishlangan ko‘rgazmalarda faol ishtirok etishga hozirlanmoqda.

Tadbir doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy sessiyalar o‘tkaziladi:

  • Ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar va innovatsion yondashuvlar;
  • Oliy ta’lim va ilm-fan sohasida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari;
  • O‘zbekiston va Belarus ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma loyihalar va dasturlarni rivojlantirish;
  • Ta’lim klasterlari, kadrlar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik.

Shuningdek, forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda ikki mamlakat ta’lim tizimidagi yutuqlar, yangi texnologiyalar va innovatsion yechimlar taqdim etiladi.