O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XO‘JA AHMAD YASSAVIY NOMIDAGI XALQARO QOZOQ-TURK UNIVERSITETIDA
14.02.2025Xalqaro reytinglarga kirgan Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining tajribali professor-o‘qituvchilari ishtirokida sayyor ma’ruzalar tashkil etildi.


Pedagogika va psixologiya kafedrasi pedagogika fanlari doktori, professor Isakulova Nilufar Janikulovna “Inklyuziv ta’lim” mavzusida, Pedagogika fanlari doktori, dotsent Jumaniyozova Muhayyo Tojiyevna “Inklyuziv ta’limning me’yoriy hujjatlari” mavzusida, Psixologiya fanlari doktori, dotsent Shamshetova Anjim Karamiddinovna esa “Psixologik-pedagogik korreksiya” mavzusida 20 soatlik sayyor ma’ruzalar o‘tib, tinglovchilarga inklyuziv ta’lim yo‘nalishida yangi bilim va tajriba almashish imkoniyatini yaratishdi.

Mazkur ilmiy tashrif davomida professor-o‘qituvchilar pedagogik-psixologik yondashuvlar, inklyuziv ta’lim tamoyillari va ularning zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati borasida qimmatli bilim va tajribalar bilan o‘rtoqlashishdi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.