FRANSIYANING PUATYE UNIVERSITETI BILAN XALQARO HAMKORLIK KENGAYMOQDA

19.02.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari 2025-yil 17-21 fevral kunlari Fransiyaning Puatye universitetida “Maktab va universitetlarda imkoniyati cheklangan o‘quvchi-talabalarni inklyuziv o‘qitish” mavzusidagi Erasmus+ loyihasi doirasidagi treningda ishtirok etmoqdalar.

17-fevral kuni bo’lib o’tgan ochilish marosimida:

 • Puatye universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti Stefan Motte seminar-treningga start berib, barcha hamkorlarga minnatdorchilik bildirdi.

 • Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alarni qabul qilib, O’zDJTU bilan hamkorlikdan mamnunligini ta’kidladi.

Treningning 1-kuni davomida Hélène de Chaigneau – Erasmus bo’yicha universitet mas’uli, Jessica Guillet – imkoniyati cheklangan talabalarga xizmat ko’rsatish bo’limi boshlig’i inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir yakunida bahorda O’zDJTUda ham xuddi shunday trening tashkil etishga kelishib olindi. Bu hamkorlik ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve − 7 =