O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIDA TURKIYANING MARMARA UNIVERSITETI PROFESSORI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

12.02.2025

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Turkiyaning Marmara Universiteti professor Nuri Tinaz bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuv Marmara Universiteti Sosyologiya kafedrasi mudiri va professor  Nuri Tinazning O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari bilan xalqaro hamkorlik, ilmiy-tarbiya va ta’lim sohasidagi yangi imkoniyatlarni muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida, Marmara Universiteti bilan ishlab chiqilgan Erasmus+ dasturi loyihasi doirasida hamkorlik masalalari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti chet tillari o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, Marmara Universiteti chet tillari o‘qituvchilarini dars berish, ma’ruzalar o‘qish va seminarlar tashkil etish takliflari, shuningdek, ilmiy sohada hamkorlik, yosh olimlar uchun stajirovka dasturlari, xalqaro loyihalar va talabalar stajirovkasi hamda amaliyoti, rus/o‘zbek tili va madaniyat bo‘yicha yozgi maktablarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar uchrashuv davomida o‘zaro tajriba almashish, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash va kelajakda ilmiy hamda ta’limiy sohada yanada mustahkam aloqalarni o‘rnatish borasida muhim kelishuvlarga erishdilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × one =