O‘ZBEKISTON-FRANSIYA OLIY TA’LIM FORUMI BO‘LIB O‘TDI

21.05.2025

O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston va Fransiya oliy ta’lim tizimi vakillari ishtirokida “O‘zbek–Fransuz universiteti: istiqbollari va taraqqiyot” mavzusida forumning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari rektor va prorektorlari, olimlar, xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar vakillari ishtirok etib, O‘zbekistonda yangidan tashkil etilayotgan O‘zbek–Fransuz universitetining konsepsiyasi, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

Forum doirasida, shuningdek, “Fransuz tilini xorijiy til sifatida o‘rganish magistratura dasturi: maqsad va istiqbollari” mavzusida muhim uchrashuv o‘tkazildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × five =