O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Germaniyaning Paderborn universiteti Nemis tili bo‘limi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


O’zDJTU rektori I. Tuxtasinov rahbarligidagi universitet a’zolari Germaninyaning Paderborn universiteti Nemis tili bo‘limi rahbari Konstanse Niderxaus hamda ushbu universitetning doktoranti-o‘qituvchisi Ismoilova Iroda bilan muzokara olib bordilar.
Uchrashuv davomida Paderborn universitetida O’zDJTU nemis tili o‘qituvchilarini malakasini oshirish, o’z navbatida hamkor universitetidan mutaxassislarni O‘zDJTUga taklif qilish, o‘qituvchi, yosh olimlar va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, Paderborn universiteti talabalarini O‘zDJTUda amaliyot o‘tash uchun taklif qilish, professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlikda o‘quv adabiyotlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, soha lug‘atlari va boshqa materiallarni yaratish, qolaversa o‘quv kurslari, seminarlar, treninglar, konferensiyalar va simpoziumlarda hamkorlikda ishtirok etish, talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro ilmiy, o‘quv va madaniy sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro tajriba almashuvini kengaytirish borasida kelishib oldilar.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.