O‘ZBEKISTON–LATVIYA BIRINCHI TA’LIM FORUMI BO‘LIB O‘TDI

06.09.2025

Riga shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida “O‘zbekiston–Latviya birinchi ta’lim forumi” o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli forumda ikki mamlakat Oliy ta’lim vazirliklari vakillari hamda 50 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar. Anjuman ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yishga qaratildi.

Tadbir yakunida 20 dan ziyod hamkorlik shartnomalari imzolanishi, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish, shuningdek, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, logistika, energetika, yashil iqtisodiyot, tibbiyot, mashinasozlik va turizm kabi yo‘nalishlarda hamkorlik loyihalarini amalga oshirish belgilab olindi.

Hozirgi kunda Latviya oliy ta’lim muassasalarida 1300 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda, shuningdek, so‘nggi yillarda 40 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar ushbu mamlakat universitetlarida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bugungi kunda O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida 40 dan ortiq hamkorlik bitimlari amalda bo‘lib, ular asosida bir qator qo‘shma ta’lim dasturlari muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve + 18 =