O‘ZBEKISTON-MALAYZIYA TA’LIM FORUMI DOIRASIDA BRIFING BO‘LIB O‘TDI

04.02.2025

Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumi doirasida ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Malayziya Oliy ta’lim vaziri Zambry Abdul Kadir ishtirok etdi.

Brifing davomida xalqaro ta’lim forumining maqsad va vazifalari, forum doirasida rejalashtirilgan tadbirlar hamda muhokama qilinayotgan dolzarb masalalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, mazkur forum O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion yondashuvlarni muhokama qilish hamda kelajakdagi qo‘shma loyihalarni belgilashga qaratilgani alohida ta’kidlandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five − 3 =