O‘ZBEKISTON–MALAYZIYA YOSHLAR FESTIVALI BO‘LIB O‘TDI

02.12.2025

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xalqaro yoshlar kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekiston–Malayziya Yoshlar Festivali” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ilham Tuah bin Illias ishtirok etdi.

Dastur davomida TDSHU talabalarining badiiy chiqishlari, Malayziya milliy raqslari, qo‘shiqlari, o‘zbek va malay tillaridagi ijodiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, Malay tili bo‘yicha onlayn fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi.

Shuningdek, universitetning Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi katta oʻqituvchisi, PhD Nasiba Abduganiyeva tomonidan Malaysiyaning Sulton Idris universitetidan tashrif buyurgan bir guruh talabalar va Siberjaya shahridagi Seri Puteri maktabi o‘quvchilariga “Malay va o‘zbek xalq ertaklarining o‘xshash va farqli jihatlari” mavzusida ma’ruza tashkil qilindi.