O’ZBEKISTON MILLIY PEDAGOGIKA UNIVERSITETI DELEGATSIYASINING PEKIN SHAHRIGA TASHRIFI BO‘LIB O‘TMOQDA
02.09.2025O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Nizomiy nomidagi O’zbekiston milliy pedagogika universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahriga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.
Tashrif davomida Xeilongjang milliy professional instituti rektori boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



Uchrashuvda, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Abdulxayev Azimjon, Xorijiy investisiyalar va grant loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Abdumutalov Doniyor, O’zbekiston Milliy pedagogika universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Alisherov Farxod va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sotiboldiyev Oybek ishtirok etdilar.

Mazkur uchrashuv doirasida O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda Xeilongjang milliy professional instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida hamkorlikda “O‘ZBEK-XITOY madaniyati va ijod markazi”ni tashkil etish masalasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.