O‘ZBEKISTONLIK TALABA PORTUGALIYANING PORTO UNIVERSITETIDA TAHSIL OLDI
18.02.2025Maʼlumki, Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Portugaliyaning bir qator xalqaro reytinglarda yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan Porto, Minho, Aveiro universitetlari bilan hamkorlikda Erasmus + dasturi doirasida talabalar hamda professor-oʻqituvchilar akademik mobilligini muntazam amalga oshirib kelmoqda.


Xuddi shunday Erasmus KA171+ dasturi doirasida O’zMU xorijiy filologiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti yoʻnalishi 4-kurs talabasi Aziza Atoboyeva 2024/2025 o‘quv yilining qishki semesterida Portugaliyaning Porto universitetida (Universidade Do Porto) tahsil oldi.

Ushbu davr davomida talabamiz Porto universitetining xalqaro tillar markazi va bir qancha xalqaro universitetlar bilan hamkorligida tashkillashtirilgan «Linguistics» dasturi tadbirida va universitetning xalqaro bo‘limi tomonidan o’tkazilgan «Erasmus Student Day», » ESN Support» tadbilarida O‘zbekiston nomidan muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.