O‘ZBEKISTON-MO‘G‘ULISTON ALOQALARI YANGI SUR’AT BILAN KENGAYMOQDA

24.06.2025

Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux o‘rtasida tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston rahbari samimiy qabul va davlat tashrifi taklifi uchun minnatdorlik bildirar ekan, bu tashrif O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlari tarixida yangi sahifa ochayotganini alohida ta’kidladi. Muloqot chog‘ida tomonlar siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi qat’iy irodasini tasdiqladi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Tovar ayirboshlash hajmi oshib borayotgani, qo‘shma korxonalar tashkil etilayotgani va bir qator yangi kooperatsiya loyihalari boshlanganiga e’tibor qaratildi. Sanoat, geologiya, qishloq xo‘jaligi va transport-logistika kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq reja va tashabbuslar ilgari surildi. Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston geologiya vazirligining vakolatxonasi ochilgani ham bu boradagi amaliy qadam sifatida qayd etildi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, mo‘g‘ul yoshlariga O‘zbekistonda ta’lim olish imkoniyatlarini tiklashga kelishib olindi. Muzokaralar yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga va yaqin kelajakda poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

https://president.uz/oz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 + fifteen =