O‘ZBEKISTON NOMI YANA BIR BOR “GINNES REKORDLAR KITOBI”GA KIRITILDI
20.08.2025“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq O‘zbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab bo‘ldi.




Bu jarayon nafaqat yoshlarning ilmiy-texnik salohiyatini namoyish etdi, balki ularning izlanuvchanligi, jamoaviy hamjihatligi va yangilik yaratishga bo‘lgan intilishini ham yorqin ko‘rsatdi.
Rekord o‘rnatish tadbiri katta bayramona ruhda o‘tdi hamda O‘zbekiston yoshlari uchun texnologiya va innovatsiyalar sohasida yangi marralarga yo‘l ochdi.




No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.