O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM MUASSASASI TEKNOFEST’NING RASMIY AKADEMIK HAMKORIGA AYLANDI

18.07.2025

Ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng nufuzli texnologik festivallaridan biri — TEKNOFEST’ning rasmiy akademik hamkoriga aylandi

Bu sharafga Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TTPU) muyassar bo‘ldi!

Akademik hamkorlik nimalarni beradi?
– TTPUga o‘z ilmiy va texnologik salohiyatini xalqaro miqyosda namoyish etish
– Talaba va yosh olimlar uchun TEKNOFEST doirasidagi loyihalarda ishtirok etish va tajriba orttirish
– Ilg‘or texnologiyalar bilan tanishish
– Global akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.

Ma’lumot uchun: TEKNOFEST — har yili 1 milliondan ortiq ishtirokchini jamlaydigan, butun dunyodagi eng ilg‘or universitetlar, texnoparklar, startaplar va korporatsiyalarni birlashtiruvchi xalqaro innovatsion maydon hisoblanadi.

TEKNOFEST hamkorlari ro‘yxati.