Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston va Ozarbayjon yoshlarining do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan konferensiya tashkil etildi.
Tadbirda Ozarbayjondan tashrif buyurgan “Yosh islohotchilar” jamoat birlashmasi vakillari ishtirok etdi.


Anjuman davomida ta’lim almashinuvi, madaniy hamkorlik, yoshlar diplomatiyasi, qo‘shma loyihalarni samarali yo‘lga qo‘yish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida fikr almashildi.
Konferensiya ikki davlat yoshlarining do‘stlik rishtalarini mustahkamlash hamda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

