O‘ZBEKISTON–QOZOG‘ISTON OLIY DARAJADAGI MULOQOTIDA STRATEGIK HAMKORLIKNI KENGAYTIRISHGA DOIR O‘ZARO SODIQLIK YANA BIR BOR TASDIQLANDI
15.11.2025Bugun, 15-noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu davlat tashrifi O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tarixida yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.
Tashrifga tayyorgarlik doirasida Toshkentda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumi, Qozog‘iston tibbiyoti kunlari, qozoq filmlari namoyishi, Ostona kunlari va bir qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
