O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 33 YILLIGI BILAN SAMIMIY MUBORAKBOD ETAMIZ!
31.08.2024Aziz do’stlar! Sizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Shunday qutlug’ damda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, o’zingiz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz!
Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz doimo tinch bo’lsin!
Bayram muborak bo’lsin, aziz yurtdoshlar!
