Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun tashkilotning oliy mukofoti – MDH Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Ta’kidlash joizki, keyingi bir necha yilda O‘zbekistonning Hamdo‘stlik ishidagi ishtiroki faollashdi.
Mamlakatimiz MDHning tarmoqlar bo‘yicha hamkorlikning 24 ta organiga qo‘shildi, 65 ta tuzilmasi faoliyatida to‘liq ishtirok etmoqda.


Ushbu davrda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ko‘plab muhim yo‘nalishlar yuzasidan qariyb 70 ta tashabbus ilgari surildi. Ularning aksariyati Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ro‘yobga chiqarildi.

No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.