Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich boshchiligidagi rasmiy delegatsiyalar muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash va strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


Muzokaralar chog‘ida tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo, axborot texnologiyalari, agrosanoat, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, “Markaziy Osiyo – Bolqon” yo‘nalishida yangi transport yo‘laklarini, jumladan Transkaspiy koridorini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.


Davlat rahbarlari mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi aloqalarni kuchaytirish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Tomonlar kelgusi yilda Toshkentda Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish borasida kelishib oldilar.


No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.