O‘ZBEKISTON, TURKMANISTON VA OZARBAYJON YETAKCHILARINING UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

22.08.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining Milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev “Avaza” milliy turizm zonasida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Unda savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari uch mamlakatning tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish, mavjud va istiqbolli transport yo‘laklarini rivojlantirish, jumladan Xitoy–O‘zbekiston temir yo‘li va Transafg‘on yo‘lagi loyihalarini amalga oshirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish, tarif siyosatini uyg‘unlashtirish, raqamlashtirilgan nazorat tizimlarini joriy etish, shuningdek energetika kooperatsiyasini chuqurlashtirish va “yashil” energiyani Yevropaga eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda o‘zaro savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, turizm va madaniy almashinuv dasturlarini rivojlantirish, barqaror savdo-logistika zanjirlarini shakllantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Yakunda ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha vazirlarning qo‘shma uchrashuvlari mexanizmini yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − 16 =